Kartoshkalik qiyma shashlik
Bu odamlar shashlik shashlik deb aytverib ohiri shashlikni ham tayorlab keldik
Endi to'palon qime avval massaliqlani bilib olilik keyin
qo'llab ko'ramiz o'xsharmikan!
Yana rasmga qarab kompyuterni yevormelar:)))
Masalliqlar (5dona uchun)
-400gr qiyma
-1bosh piyoz
-1dona tuxum sarig'i
-3bo'lak sarimsoq
-1-2osh-q o'simlik yog'i
-1.5bo'lak toster noni
-ziravorlar,tuz
Tayyorlash:
Kartoshkani yirik parrak qilib tuzli suvda qaynatib olamiz.
Avval pishirgichni 180Cda qizitishga yoqamiz. Patnisni
sarimsoqni ikkiga bo'lib,ochiq qismini surib chiqamiz.
Patnisga o'simlik yog'ini quyib,kartoshkalarni teramiz
180Cda qizarguncha pishirib olamiz.
Qiymani tayyorlab olamiz:qiyma+qirg'ichdan o'tkazilgan
piyoz+tuxum sarig'i+suv(yoki sut)da ivitib maydalangan toster
noni+maydalangan 2bo'lak sarimsoq+ziravorlar+tuz=hammasini solib
aralashtiramiz va biroz qo'lga olib idishga urib qiymani qattiqroq
holatga keltiramiz. Qiymadan koptokchalar yasab olamiz.
Cho'pga avval qiymani, song'ra kartoshkani joylashtirib chiqamiz.
Pishirgichning o'rta qismida 180Cda 25-30daqiqa go'sht pishgan
bo'lib ko'ringuncha qo'yamiz(yog'i oqib chirsillaydi), so'ngra
5-7daqiqaga issiqlikni faqat tepasini yoqib 250Cda shashliklarni
qizartirib olamiz.