Главная» 2011 » Август » 27 » Andijonning o'g'loni Ruslan Chagaevdan intervyu...
Andijonning o'g'loni Ruslan Chagaevdan intervyu...
08:09


Andijonning o'g'loni Ruslan Chagaevdan intervyu...


- Janob Chagayev, 27 avgust kuni siz yana bir bor Jahon chempionligi
kamari uchun ringga chiqasiz. Bu safar Aleksandr Povetkinga qarshi.
Bunday imkoniyatga mamnunmisiz?

Ruslan Chavayev: Albatta, men
yana bir bor jahon chempionligini qo'lga kiritish uchun bo'lgan
imkoniyatni sabrsizlik bilan kutyapman. Men eski unvonimni qaytarishga
rag'batliman. Bu uchun men ko'p mashg'ulotlar o'tkazdim va hozir jangga
butunlay tayyorman. Shuning uchun ham janggacha qolgan sanoqli kunlari
sabrsizlik bilan o'tkazyapman.

- Siz 2007 yilning 14 aprelida
Shtutgart shahrida 2 metrlik bokschi Nikolay Valuyev ustidan g'alaba
qozonib, Jahon chempioni bo'lgan edingiz. O'shanda chempionlik kamarini
qo'lga kiritganda nimalarni his etgansiz?

Ruslan Chavayev: Jang
oldidan men Valuyev ustidan g'alaba qozonishga real imkoniyatim
borligiga ishonar edim. Bu g'alaba men uchun o'zgacha ekanligini faqat
jangdan so'ng tushunib yetdim. O'shanda jang oldidan yengilmas
Valuyevning kuragi yerga tegishiga hech kim ishonmas edi. Lekin men
buning uddasidan chiqa oldim.

- 2009 yilda IBF va WBO
yo'nalishlari bo'yicha Jahon chempioni Vladimir Klichkoga yutqazgan
edingiz va shunda chempionlik kamaridan ayrilgansiz. Shudan so'ng
murabbiyingiz Maykl Timm bilan ishlashni vaqtincha to'xtatgan edingiz.
Biroq hozir u siz bilan yana ish olib bormoqda. Nega Timm yana sizning
murabbiyingizga aylandi?

Ruslan Chavayev: Negaki u juda yaxshi
murabbiy! Men u bilan bir vaqtlar dunyoni zabt etdim. O'ylaylamnki
ikkinchi urinishda ham buni uddasidan chiqa olamiz. U mening kuchli
taraflarimni aniq biladi va meni yaqinlashayotgan jangga a'lo darajada
tayyorladi. Biz bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz.

- Valuyev
ustidan g'alaba qozonganingizda Maykl Timm sizga murabbiylik qilgan
edi. Sizning murabbiyingiz jang olib borish strategiyasini, ya'ni
san'atini yaxshi biladimi?

Ruslan Chavayev: Ha, "Timmi" juda
yaxshi strateg. U har doim raqibni yaxshi o'rganadi va jangga eng qulay
taktikani tayyorlaydi.

- Uchrashuvni Germaniyada o'tayotganini xursandmisiz?


Ruslan Chavayev: Men sportchiman va har joyda ringga chiqishim mumkin.
Biroq Germaniya men va mening oilam uchun ikkinchi uyga aylandi. Bu
yerda mening do'stlarim, muhlislarim bor. Shu bois ham men bu yerda
o'zimni juda qulay his etaman. Shu bilan birga O'zbekistonda ham meni
ko'plab muhlislar qo'llab-quvvatlashini bilaman.

- Siz
havaskorlar va professionallar o'rtasida Jahon chempioni bo'lgansiz.
Aleksandr Povertkin ham havaskorlar o'rtasida chempion bo'lgan va
Olimpiya o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgan. Demak biz 27 avgust
kuni haqiqiy chempionlar jangiga guvoh bo'lamiz ekanda?

Ruslan
Chavayev: Nima bo'lgan taqdirda ham men bu jangda bor kuchimni
ishlataman. Aleksandr ham kuchli, biroq men hech qachon o'z yo'limdan
qaytmaganman. Men Vladimir Klichko va Nikolay Valuyev kabi bokschilar
bilan kuch sinashdim. Tomoshabinlar albatta qiziqarli jang guvohi
bo'lishadi.

- Raqibingizning kuchli taraflari qaysilar?


Ruslan Chavayev: U o'z taktikasini tezda almashtira oladi. Tajovuzkor
yoki qulay paytni poylab sabrli jang olib borishi mumkin.



html-cсылка на публикацию
BB-cсылка на публикацию
Прямая ссылка на публикацию










Опубликовать





загрузка...

Kino ko'rsatmayabdimi?U holda Shu Yerga bosing va ishlamayotgan kinoning to'liq nomini yozib qoldiring.

Diqqat !

Serverdagi Nosozliklar Tufayli Ayrim Kinolar Faqat (Mozilla Firefox) Brauzerida Ko'rsatayabdi.
Agar Sizda Mozilla Firefox Brauzeri Bo'lmasa Uni O'rnatib Oling.Agar Mozilla Firefoxda ham Kinolar Ko'rsatmasa Adobe Flash Playerni O'rnating.Marhamat Pastdagi Rasmlarga Bosgan Holda Ushbu Programmalarni O'rnating.


Техника для склада в Москве: Гидравлические тележки, Электронные весы,
Биокондиционеры!

Прикрепления:
Категория: Sport/Спорт | Просмотров: 925 | Добавил: Sirli_Inson | Теги: 5.0/1 |
Всего комментариев: 1
0
Omad tilab qolamiz Alloh qollasin yurtimizi bayrog'i yanada yuqori joylarda tursin....
Имя *:
Email:
Код *:

 
 
 
© Copyright "UZBOYS.UZ". All rights reserved. 2008-2011 Хостинг от uCoz

The release is prepared by Ikromoka corporation and the "XaKeR" team

/TABLE>width:100%; height:29px; font-size:11px; border:1px solid #E0E0E0; src=application/x-shockwave-flash type=TBODY> >(Mozilla Firefox)TD vAlign=center>